Sharif eski qabriston yaqinidagi uyni arzon narxda sotib oldi. Mahalliy odamlar bu joydan uzoq yurardi, lekin Sharif bunga ahamiyat bermadi. Birinchi tun xonada g’alati hid sezildi. Ammo eng qo’rqinchlisi, shiftga osilgan eski surat edi. Unda qorong’u kiyimdagi keksaygan odam aks etgan edi. Uning ko’zlari beqaror, qo’rqinchli edi.
Tun yarmida Sharif uyg’ondi. Yuragi g’ash edi. Ko’zini shiftga qadadi va hayratdan qotib qoldi. Suratdagi chol endi unga tikilib turardi. Ertalab suratni olib tashladi va tashqariga uloqtirdi. Lekin kechasi yana devorda paydo bo‘ldi… Va bu safar chol jilmayib turardi.