Maqsudbek.
Otabek bolaligidan bu qishloqdagi eski ko‘l haqida eshitib ulg‘aygan. Odamlar bu yerga yaqinlashmasdi. Derlarki, kechasi suv ichidan g‘alati ovozlar eshitilar ekan.
Bu gaplarga ishonmagan Otabek, bir kuni tun yarmida ko‘lga borishga qaror qildi. Oy nuri suv yuzasida aks etib turgan, atrof esa sirli sukunatga burkangan edi.
U suvning chetiga bordi va qaddini tik tutib turdi. Bir necha daqiqa hech narsa sodir bo‘lmadi.
Lekin birdan, ko‘l tubidan qandaydir qaltiragan ovoz eshitildi:
— Kim bor… bu yerda…
Otabekning yuragi qattiq urdi. Suvni sinchiklab kuzata boshladi. Suv yuzasi asta-sekin qimirlay boshladi. Go‘yo kimdir pastdan ko‘tarilayotgandek.
Shu payt, suvdan oppoq, nozik qo‘l chiqib, Otabekning oyog‘idan ushladi.
U dahshat ichida ortga tisarildi, lekin oyog‘i toyib, suvga yiqilib tushdi. Qaltis harakat bilan qayta o‘rnidan turdi va suvdan chiqa boshladi.
Ammo… suv oynadek tiniq edi va unda o‘zining aksini ko‘rdi.
Lekin… u o‘zi emasdi.
Aksidagi Otabek jilmayib turardi, lekin ko‘zlari butkul qoraygan edi. U asta og‘zini ochdi va past ovozda shivirladi:
— Sen… endi men bo‘lasan…
Otabek baqirib ortga tislandi, suvdan qochishga urindi. Lekin oyog‘i bir narsa ilashgandek, yana qulab tushdi. Bu safar esa… ko‘l ichiga g‘arq bo‘ldi.
Ertasi kuni qishloq odamlari uning poyafzalini ko‘l qirg‘og‘ida topishdi.
Lekin eng qo‘rqinchlisi — suvga qaraganlar Otabekning aksini ko‘rdilar.
Ularning qarshisida suv ostida turgan Otabek jilmayib turardi… va asta-sekin qo‘lini cho‘zib, chiqishga urinayotgandek edi.